Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘rtta «Damas» pachoqlandi

To‘rtta «Damas» pachoqlandi

Foto: YHXBB axborot xizmati

Joriy yilning 4-may kuni soat 15:30 larda, Farg‘ona viloyati, Uchko‘prik tumani, Mehnatobod qishlog‘i hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lida YTH sodir bo‘ldi.

Haydovchi, 1988-yilda tug‘ilgan H.A. «MAN» rusumli yuk avtomobilida harakatlanayotib, o‘zidan oldinda, svetoforning taqiqlovchi chirog‘ida to‘xtab turgan haydovchi, 1972 yilda tug‘ilgan I.U. boshqaruvidagi «MAN» rusumli yuk avtomobiliga ulangan, yengil avtomobillarni tashishga mo‘ljallangan yarim tirkamaning orqa tomoniga to‘qnashgan.

Shuningdek, zarb oqibatida boshqaruvni yo‘qotib, o‘zidan oldinda bo‘lgan yana bir haydovchi, 1965 yilda tug‘ilgan A.K. boshqaruvidagi «Cobalt» rusumli avtomobilning yon tomoniga urilgan.

YTH natijasida, haydovchi H.A. yengil tan jarohati bilan shifoxonaga murojaat qilgan. To‘qnashuvda ishtirok etgan transport vositalariga hamda yarim tirkama ustiga ortilgan «Damas» rusumli avtomobillarning to‘rt donasiga texnik shikast yetgan.

Hozirda ushbu YTH yuzasidan Uchko‘prik tumani IIB YHXG xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring