Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘rtko‘ldagi voqea bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi — Bosh prokuratura

To‘rtko‘ldagi voqea bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi — Bosh prokuratura

Foto: «Horoshevo-mnevniki.mos.ru»

Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumanida mast holatda uyida janjal qilgan fuqaro Ichki ishlar organi xodimlari olib ketganidan so‘ng sirli ravishda komaga tushib, oradan o‘n uch kun o‘tgach vafot etgani xabari berilgandi.

Kecha «Xabar.uz»ga holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilayotganini ma’lum qilgan Bosh prokuratura matbuot xizmati bugun voqelik bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, To‘rtko‘l tuman prokuraturasi tomonidan holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 207-moddasi 3-qismi «a» (odam o‘limiga sabab bo‘lgan darajada mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Marhum o‘limi sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring