Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘rtko‘ldagi internat tarbiyachisi 11 yoshli bolani urgan. Holat nazoratga olindi

To‘rtko‘ldagi internat tarbiyachisi 11 yoshli bolani urgan. Holat nazoratga olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanidagi internat tarbiyachisi yosh bolani urayotganligi aks etgan video tarqaldi.

Ma’lum bo‘lishicha, videodagi voqea 2023-yilning oktyabr oyida To‘rtko‘l tumanidagi 5-sonli maktab internati tarbiyachisi D.M. tomonidan sodir etilgan. Jabrlanuvchi qiz voyaga yetmagan, 2013-yilda tug‘ilgan S.M. bo‘lgan.

Hozirda holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olingan. 

«Internat shaklidagi maktablarda tahsil olayotgan bolalar tarbiyachilarining yanada ko‘proq e’tibori va g‘amxo‘rligiga muhtoj bo‘lsada, aynan ana shu vazifa yuklatilgan insonlarning o‘zi bolaga bunday nomaqbul munosabatda bo‘lishini hech qanday holatda oqlab bo‘lmaydi.

Bunday faktlarga nisbatan mutlaqo murosasiz bo‘lib, bu kabi harakatlarga yo‘l qo‘ygan shaxslar qat’iy ravishda qonun doirasidagi javobgarlikka tortilishi shart», – deyiladi Bolalar ombudsmani munosabatida.

Hozirda mazkur holat yuzasidan To‘rtko‘l tumani IIB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring