Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘rt nafar yurtdoshimiz «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni bilan taqdirlandi

To‘rt nafar yurtdoshimiz «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni bilan taqdirlandi

Ayni vaqtda Ko‘ksaroyda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan bir guruh yurtdoshlarimizni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbir davomida Muhammad Ahmedov, Shavkat Ayupov, Ibrohim G‘afurov va Munojot Yo‘lchiyevani «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni bilan taqdirladi, deb xabar berdi Xabar.uz muxbiri.

— Bugungi quvonchli kunda «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni bilan taqdirlangan yurtdoshlarimizni chin ko‘ngildan qutlaymiz. Qishloq xo‘jaligida ulkan yutuqlarga erishgan ilg‘or fermer, seleksioner olim Muhammad Ahmedovni, jahon miqyosida tan olingan yirik matematik olim, akademik Shavkat Ayupovni, o‘zbek adabiyotining zabardast namoyandasi, atoqli adabiyotshunos, tarjimon va publitsist Ibrohim G‘afurovni, noyob ovozi, betakror ijro mahorati, o‘zbek ayoliga xos go‘zal fazilatlari bilan dunyoni maftun etib kelayotgan sevimli san’atkorimiz Munojot Yo‘lchiyevani tabriklaymiz, — dedi davlat rahbari.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring