Tormozi ishlamay qolgan yuk avtomobili beshta mashina bilan to‘qnashdi
Bugun, 12 dekabr kuni soat 15:10 larda Toshkent viloyati, Angren shahri hududidan o‘tuvchi A-373 «M-39 Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon va Andijon orqali-O‘sh» avtomobil yo‘lining 184-kilometrida yirik YTH sodir bo‘ldi.
Ma’lum qilinishicha, haydovchi, 1980 yilda tug‘ilgan R.I. «Isuzu» rusumli yuk avtomobilida harakatlanayotgan vaqtda transport vositasining tormozi ishlamay qolgan va o‘zi bilan bir yo‘nalishda, oldinda harakatlanib ketayotgan 3 ta «Nexia» va 2 ta «Cobalt» rusumli avtomobillarga to‘qnashgan.
Hodisa natijasida hech kim tan jarohati olmagan.
«Mazkur YTH yuzasidan Toshkent viloyati IIBB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter