To‘raqo‘rg‘onda davlat xizmatlari markazining yangi binosi ishga tushdi
Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumanida 193 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Mustaqillik arafasida ushbu tumanda Davlat xizmatlari markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi. Davlat xizmatlari agentligi, Namangan viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Qisqa vaqtlari ichida qad ko‘targan mana bu ikki qavatli binoda aholi va tadbirkorlik sub’yektlari uchun barcha qulayliklar mavjud bo‘lib, investorlar uchun xizmat ko‘rsatish xonasi, kutish zali, bolalar maydonchasi, kafe, kutubxona tashrif buyruvchilar xizmatiga shay.
Ma’lumot uchun: To‘raqo‘rg‘on tumani Davlat xizmatlari markazi orqali aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga o‘tgan 2018-yil davomida jami 31322 ta davlat xizmatlari ko‘rsatilgan. 2019 yilning o‘tgan 8 oyi davomida esa davlat xizmatlari ko‘rsatish soni o‘tgan yilgidan nisbatan ko‘payib ushbu ko‘rsatkich 54138 tani tashkil etdi. Yangi binoda aholiga xizmat ko‘rsatish sifati yanada oshib,bu ko‘rsatgichlar soni ikki barobarga oshishi ko‘zda tutilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter