To‘qayev xorijga safarini qoldirishga majbur bo‘ldi
Qozog‘istonning Abay viloyatidagi keng ko‘lamli yong‘in tufayli davlat rahbari Qosim-Jo‘mart To‘qayevning Vetnamga 11—13 iyun kunlariga mo‘ljallangan rasmiy tashrifi kechroq muddatga ko‘chirildi.
Oqo‘rda xabariga ko‘ra, prezident Abay viloyatiga tashrif buyurib, tezkor yig‘ilish o‘tkazish va tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan fuqarolarga yordam berish choralarini ko‘rishni rejalashtirgan.
8 iyun kuni «Semey ormani» davlat o‘rmon qo‘riqxonasi hududida boshlangan tabiiy yong‘in maydoni 9 iyun kuni 30 ming gektarga kengaydi. Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘rmon xo‘jaligining 3 nafar xodimi halok bo‘lgan, yana 11 kishini qidirish ishlari olib borilmoqda.
Yirik yong‘in munosabati bilan prezident hukumat va viloyat hokimligiga halok bo‘lganlarning oila a’zolariga har tomonlama yordam ko‘rsatishni topshirgan.
Qozog‘iston Respublikasi Ekologiya va tabiiy resurslar vazirligining ma’lum qilishicha, kuchli shamol tufayli yong‘in tezda katta hududga tarqalgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter