Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘qayev Xitoy tahdidi bo‘yicha savolga javob qaytardi

To‘qayev Xitoy tahdidi bo‘yicha savolga javob qaytardi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Xitoyni mamlakat tahdid deb hisoblamasligini aytdi. Bu haqda u Xitoy markaziy televideniyesiga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

«Men bu fikrga qo‘shilmayman. Biz bu konsepsiyani qo‘llab-quvvatlamaymiz», — dedi To‘qayev Xitoy xavfi bo‘yicha savolga javob berarkan.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Qozog‘iston Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) yaxshi do‘st ekaniga ishonch bildiradi.

To‘qayev «Xitoy Qozog‘iston xalqiga hech qachon yomonlik qilmaganini» qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston prezidenti 17-may kuni davlat tashrifi bilan Xitoyga kelishi va Xitoy rahbari Si Szinpin bilan muzokaralar o‘tkazishi ma’lum bo‘lgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring