Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘qayev Qozog‘istonning Ukrainaga munosabati haqida gapirdi

To‘qayev Qozog‘istonning Ukrainaga munosabati haqida gapirdi

Prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev Qozog‘istonning Ukraina atrofidagi vaziyat bo‘yicha pozitsiyasini bayon qildi. 

«Men ushbu juda murakkab masala bo‘yicha o‘z pozitsiyamizni bayon qildim.

Birinchidan, biz Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomiga qat’iy rioya qilishimiz, umuman olganda, albatta, BMTni dunyoda ajralmas va universal tashkilot sifatida qo‘llab-quvvatlashimiz kerak.

Ikkinchidan, biz ham Xitoy va boshqa davlatlar tomonidan bildirilgan barcha tinchlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashimiz kerak.

Shuning uchun biz yaqin kelajakda Ukrainada sulhga erishilishiga umid qilamiz. Qozog‘istonga kelsak, biz bu maqsadni amalga oshirishga o‘z hissamizni qo‘shishga tayyormiz.

Shuni ham qayd etishim kerakki, biz Rossiya bilan strategik hamkormiz. Shunday ekan, bizning maqsadimiz ham ikki tomonlama asosda, ham tegishli xalqaro tashkilotlar doirasida o‘zaro hamkorligimizni mustahkamlash uchun Rossiya bilan yaqin aloqada bo‘lishdir», — dedi prezident.

Eslatib o‘tamiz, To‘qayev avval Rossiya prezidenti Vladimir Putin qarshisida Qozog‘iston DXR va LXRga o‘xshash «davlatchalar»ni tan olmasgini aytgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring