To‘qayev: «Qozog‘istonga AES judayam zarur, aks holda mintaqada yetakchilikni boy beramiz»
«To‘g‘risini aytish kerak: atom energetikasisiz Qozog‘iston butun iqtisodiyotini yo‘qotadi, investitsiyalarni-ku aytmasa ham bo‘ladi. Qozog‘iston mintaqadagi yetakchilikdan mahrum bo‘ladi». Mamlakat hukumatining kengaytirilgan yig‘ilishida prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev shularni ta’kidladi.
To‘qayev Qozog‘iston elektr energiyasi ta’minotida muammolarga yo‘liqqanini, qo‘shni davlatlar energiya tizimlari sifatiga qaram bo‘lib qolganini ta’kidladi.
Energetika xavfsizligi masalasini zudlik bilan hal qilish kerak. «Mutasaddi shaxslar nega AES qurilishi haqidagi savollarga javob berishdan diplomatlarcha qutulib ketishayotganini tushunmayman», — dedi Qozog‘iston prezidenti.
Qozog‘istonda atom elektr stansiyasini qurish masalasi ilk marotaba 2019-yilda To‘qayev Rossiya prezidenti bilan uchrashganida ko‘tarilgandi. O‘shanda Vladimir Putin Rossiya loyihasi bo‘yicha Qozog‘istonga AES qurib berishni taklif qilgan.
Qozog‘iston AES qurish uchun ikkita joyni mo‘ljallayapti — Olmaota viloyatidagi Ulken posyolkasi hamda Sharqiy Qozog‘iston viloyatidagi Kurchatov shahri.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter