Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘qayev budjet mablag‘ini behuda sarflashni tanqid qildi

To‘qayev budjet mablag‘ini behuda sarflashni tanqid qildi

Foto: Akorda.kz

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakatdagi ba’zi hokimlar qo‘shimcha daromad manbaiga ega bo‘lgach, budjet pullarini foydasiz ishlarga sarflab sovurganini qoraladi. Bu haqda u Qozog‘iston xalqiga yo‘llagan murojaatnomasida gapirdi.

«Kichik va o‘rta biznesdan tushadigan soliqlarni hududlarning o‘zida qoldirish to‘g‘ri va o‘z vaqtida qabul qilingan qaror bo‘ldi. Bu qadam tadbirkorlik rivojiga sezilarli turtki berdi, hokimlarning mustaqilligini oshirdi. Ammo ba’zi hokimlar qo‘shimcha daromad manbaiga ega bo‘lgach, uni mamlakatga foydasi bo‘lmagan ishlarga, muhim bo‘lmagan vazifa va loyihalarga sarflab sovurdi. Hukumat budjet taqchilligini qoplash uchun mablag‘ manbasini topish borasida kompensatsiyaning samarali usullarini o‘ylab ko‘rishi kerak», – dedi Q.To‘qayev.

Siyosatchi g‘azna pulini behuda sarflashni to‘xtatish lozimligini uqtirgan.

«Davlat moliyasi barqarorligini ta’minlashning maqbul yo‘li bu – ko‘rpaga qarab oyoq uzatish. Shu bois budjet mablag‘larini strategik ahamiyatga ega bo‘lmagan, dolzarb sanalmagan ishlarga behuda sarflashni bas qilish kerak», – deya talab qo‘ydi u.

Qozog‘iston rahbari mamlakat hukumati va hokimlarga iqtisodiyot tuzilmasini o‘zgartirishga e’tibor qaratishni tayinlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring