«Tonirovka» bo‘yicha nimalar o‘zgardi?
Hukumat qarori (635-son, 09.10.2020-y.) bilan Vazirlar Mahkamasining «Tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018-yil 18-iyuldagi 547–son qaroriga o‘zgartirishlar kiritildi.
Kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra:
- N1 va N2 toifadagi yuk tashuvchi avtotransport vositalarining orqa yon oynalarini yorug‘lik o‘tkazuvchanligi cheklanmagan darajada hamda old yon oynalarining tusini yorug‘lik o‘tkazuvchanligi 50 foizdan kam bo‘lmagan darajada;
- M2, M3 toifaga oid III klass avtotransport vositalari yon oynalarining tusini yorug‘lik o‘tkazuvchanligi 50 foizdan kam bo‘lmagan darajada o‘zgartirish (qoraytirish)ga ruxsat berildi.
Shuningdek, M1, N1 va N2 toifaga oid avtotransport vositalari orqa yon oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish uchun to‘lov stavkalari jismoniy shaxslar uchun 1 mln 115 ming so‘m etib belgilandi (ilgari 2 mln 230 ming so‘m bo‘lgan).
Avtotransport vositalarining tegishli toifalari bilan bu yerda tanishing.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter