Tomas Myuller — eng ko‘p sovrin yutgan nemis futbolchisi
Yaqinda «Bavariya» (Myunxen) Dortmundning «Borussiyasini 3:2 hisobida yutib, sakkizinchi marotaba Germaniya superkubogini yutdi.
Shu tariqa «Bavariya»ning jami sovrinlari soni 77 taga yetdi. Shularning uchdan bir qismidan ko‘prog‘ini klub Tomas Myuller bilan birga qo‘lga kiritgan.
Superkubokdan so‘ng Tomas Myullerning shaxsiy sovrinlari soni 27 tani tashkil etmoqda.
U sovrindorlik borasida «Bavariya» hamda terma jamoadagi sobiq sherigi Bastian Shvaynshtaygerdan o‘zib ketdi.
31 yoshli Tomas Myullerning g‘alabalari:
- 9 karra — Bundesliga chempioni
- 6 karra — Germaniya kubogi g‘olibi
- 6 karra — Germaniya superkubogi g‘olibi
- 2 karra — YeChL g‘olibi
- 2 karra — UEFA superkubogi g‘olibi
- 1 marta — Klublar o‘rtasidagi JCh g‘olibi
- 1 marta — Germaniya terma jamoasi bilan jahon chempioni (2014).
🏆🏆🏆🏆🏆🏆🏆🏆🏆 Bundesliga
— 🇺🇸 FC Bayern US 🇨🇦 (@FCBayernUS) September 30, 2020
🏆🏆🏆🏆🏆🏆 DFB Pokal
🏆🏆🏆🏆🏆🏆 DFL Supercup
🏆🏆 Champions League
🏆🏆 Super Cup
🏆 World Cup
🏆 Club World Cup @esmuellert_’s 27th trophy makes him the most decorated German player of all time. Legend of the game. ⭐#MiaSanFamily pic.twitter.com/B4l9rYqMve
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter