Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tom Kruzning salkam 1,5 mlrd. so‘mlik mashinasini o‘g‘irlab ketishdi

Tom Kruzning salkam 1,5 mlrd. so‘mlik mashinasini o‘g‘irlab ketishdi

Taniqli aktyor Tom Kruz «Imkonsiz topshiriq-7» filmida suratga tushish uchun Angliyaning Birmingem shahriga kelganida noma’lum shaxslar uning uchun ajratilgan BMW X7 rusumli krossoveri va ichidagi pullarini o‘g‘irlab ketishdi.

Tom Kruzga Angliyada xizmatda bo‘lish uchun aynan shu mashina ajratilgan. Noma’lum shaxs aktyor mashinadan tushib, mehmonxonaga kirib ketayotgan paytda tansoqchini dog‘da qoldirib, mashinani olib qochgan.

Mashina narxi qariyb 100 ming funt sterling (taxminan 1,5 mlrd. so‘m) turadi. Ammo aktyorni mashina emas, uning ichidagi bir necha ming funt pullari tashvishga solgan.

Mashina o‘g‘irlanishi bilan aktyorga boshqa ulov biriktirilgan, yo‘qolgani esa tezda topilgan. Ammo pullar va aktyorning qimmatbaho buyumlari izsiz yo‘qolgan.

«Imkonsiz topshiriq-7» filmining jahon preerasi 2022 yilga mo‘ljallangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring