Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tolibon» IShIDga ko‘mak berganlarni ayovsiz jazolamoqchi

«Tolibon» IShIDga ko‘mak berganlarni ayovsiz jazolamoqchi

«Tolibon» «Islom davlati» terrorchilik guruhi jangarilariga uyini ijaraga bergan Afg‘oniston aholisini jazolashini aytib o‘tdi. Bu haqda Interfaks ma’lum qilmoqda.

«Agar kimdir o‘z uyini notanish kishilarga hech qanday kafolatsiz berib qo‘ysa va keyinchalik ularning IShID jangarilari ekani isbotlansa, uy egasi va vositachi qattiq jazolanadi», - deya yozgan «Tolibon» shtab rahbari Qori Fasihuddin Fitrat Badaxshoni o‘zining Twitterdagi sahifasida.

So‘nggi kunlarda Kobulning shia hazoralari ko‘p bo‘lgan g‘arbiy qismida bir necha portlashlar sodir bo‘ldi, buning uchun javobgarlikni IShID guruhi o‘z zimmasiga olgan.

Bundan tashqari, avvalroq Qunduz va Qandahorda shia masjidlariga hujumlar uyushtirilgan edi. Tolibon hujumlar ortida «Islomiy davlat» tashkiloti ham turganini aytgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring