Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tolibon»ga qator talablar qo‘yildi

«Tolibon»ga qator talablar qo‘yildi

Foto: Zabi Karimi/AP

BMT Xavfsizlik Kengashi Afg‘oniston bo‘yicha rezolyusiya qabul qildi. Rezolyusiya «Tolibon»ni afg‘onlar va chet el fuqarolarining xavfsiz chiqib ketishini ta’minlashga chaqiradi.

Xavfsizlik Kengashining 13 a’zosi Fransiya, Buyuk Britaniya va AQSh tomonidan ishlab chiqilgan hujjatga ovoz berdi. Rossiya va Xitoy betaraf qoldi.

Hujjatda «Tolibon» harakatiga qator talablar mavjud:

  • Afg‘oniston hududidan biron bir mamlakatga tahdid/hujum yoki terrorchilik harakatlari uchun foydalanmaslik;
  • Afg‘onistonda inson huquqlari, ayniqsa ayollar, bolalar va milliy ozchiliklar huquqlari hurmat qilinishini ta’minlash;
  • insonparvarlik yordamiga to‘sqinlik qilmaslik.

Shu bilan birga, BMT Xavfsizlik kengashi tomonidan Kobulda xavfsizlik zonasini yaratish haqidagi Fransiyaning taklifi qo‘llab-quvvatlanmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring