«Tolibon» sulh uchun 5 ming a’zosi qamoqdan chiqarilishini talab qildi

«Tolibon» harakati Afg‘onistondagi harbiy nizoni tugatish bo‘yicha kelishuvga qamoqlarda saqlanayotgan 5 ming tolibning ozodlikka chiqarilishi haqidagi punkt qo‘shilishini talab qilmoqda.
Associated Press xabariga ko‘ra, ushbu talab «Tolibon» harakati bilan muzokara olib borayotgan AQShga yetkazilgan. AQSh va Afg‘oniston hukumatlari vakillari ham toliblarning ozod etilishi masalasi muzokaralarda ko‘tarilayotganini tasdiqlagan.
Mahbus toliblarning ko‘pchiligi poytaxt Kobuldagi «Puli charx»da – Afg‘onistondagi eng yirik turmada saqlanmoqda.
Ta’kidlash joizki, minglab tolibning ozodlikka chiqarilishi oqibatida Afg‘onistonda xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat yanada yomonlashishi mumkinligi haqida xavotirlar ham yo‘q emas.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter