O‘zbekiston chegarasiga 10 ming jangchi jo‘natilgani haqidagi xabarga rasmiy izoh berildi
Rossiyaning «Interfaks» nashri «Tolibon» qurolli kuchlari bosh shtabi rahbari Qori Fasihuddin Fitratning tvitterdagi sahifasiga asoslanib, Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaradosh viloyatlarga zamonaviy qurol-yarog‘ va texnikalar bilan qurollangan 10 ming jangchi jo‘natilayotganini ma’lum qilgan edi.
Manbalarimizga ko‘ra, bu xabar yolg‘on, O‘zbekiston chegarasi tomon hech qanday qo‘shinlarning harakati kuzatilayotgani yo‘q.
Bundan tashqari, o‘tgan yilning dekabr oyida «Tolibon» vakillari armiya bosh shtabi rahbari Fitratga tegishliligi aytilgan tvitterdagi sahifa soxta ekani haqida xabar berilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter