«Tolibon» Kobulga hujum qilishga tayyorlanmoqda
«Tolibon» Kobuldan 50 kilometr uzoqlikda bo‘lib turibdi, respublikaning yarmidan ko‘p qismi ular nazorati ostida. Bu haqda mahalliy OAV ma’lum qilmoqda.
G‘arb davlatlari Kobuldagi diplomatik vakolatxonalarini vaqtincha yopgan, xodimlar sonini kamaytirmoqda. Amerika armiyasi AQSh elchixonasi xodimlarini to‘liq evakuatsiya qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Agar qisqa vaqt ichida vaziyatga siyosiy yechim topilmasa va mojarolarni tinch yo‘l bilan hal qilish jarayoni boshlanmasa, kelgusi oydayoq «Tolibon» Kobulga hujum boshlaydi. Jangarilar qancha ko‘p viloyatni nazorat ostiga olsa, muzokaralar imkoni shuncha pastlab bormoqda.
Hukumat mudofaasi hujumlarga bardosh bera olmayapti. Agar ilgari toliblar kichik aholi punktlari va chegara hududlarini egallab olgan bo‘lsa, endi ular ma’muriy markazlarga to‘planishmoqda. Yo‘l-yo‘lakay jangarilar afg‘on armiyasining harbiy bazalarini ham egallab olishmoqda.
Oxirgi ikki kun ichida yirik shaharlar jangarilar nazoratiga o‘tdi. Ular Kobulga yaqinlashib kelmoqda. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, «Tolibon» tarkibida allaqachon besh mingga yaqin jangari bor. Ular hozircha hech qanday vazifani bajarmaslan, asosiy kuchlar hujum qilishini kutishmoqda.
Amerika elchixonasidan diplomatlarni evakuatsiya qilish muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun Qo‘shma Shtatlar 3 mingga yaqin askarni Kobulga qaytarishga qaror qilgan.
Hukumat kuchlari harbiy jihatdan qarama-qarshilikka qodir emasligi bilan bir qatorda, askarlarning ruhiy holati ham urushga tayyor emas. Shuningdek, mamlakat vitse-prezidenti Salohning Tojikistonga qochib ketgani haqida dalillar bor. Rasmiy Kobul hozircha bu ma’lumotni rad etmoqda.
Afg‘oniston armiyasining jangovar tayyorgarligining pastligi, shuningdek, siyosiy, etnik va diniy guruhlar rahbarlarining begona mamlakatda muqobil aerodromlarni tayyorlab qo‘ygani bilan izohlanadi va bu holat askarlarning ruhiyatini tushiradi. Hukumat qo‘shinlari «Tolibon» tomoniga o‘tishmoqda, taslim bo‘lishmoqda yoki qo‘shni davlatlar hududiga qochishga harakat qilishmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter