Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tolibon» Kobulda uch mashhur jurnalistni qo‘lga oldi

«Tolibon» Kobulda uch mashhur jurnalistni qo‘lga oldi

«Tolibon» Kobulda mamlakatning yetakchi telekanallaridan biri Tolo Newsning uch xodimini hibsga oldi. Bu haqda mahalliy Hama Press agentligiga asoslanib, TASS xabar bermoqda.

Mahalliy agentlik manbalariga ko‘ra, hibsga olinganlar orasida telekanal direktori Xpolvak Safiy, axborot-tahliliy ko‘rsatuvlar boshlovchisi Bahrom Omon va huquq maslahatchisi Nafi Xoliq ham bor.

Keyinroq Safi va Xoliq qo‘yib yuborilgan, biroq mamlakatdagi eng mashhur teleboshlovchilardan biri bo‘lgan Omon hamon hibsda.

Hibsga olish sabablari haqida hech qanday ma’lumot berilmagan.

Tolo News telekanaliga egalik qiluvchi Mobi Group media guruhi xorijiy seriallarni ko‘rsatishni to‘xtatish bo‘yicha «Tolibon»dan buyruq olgan. Jurnalistlarning qo‘lga olinishi yuzasidan BMTning Afg‘onistondagi missiyasi xavotir bildirgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring