Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tolibon» Afg‘onistonda inson huquqlari himoya qilinayotganini aytdi

«Tolibon» Afg‘onistonda inson huquqlari himoya qilinayotganini aytdi

«Tolibon» harakati vakili Muhammad Naim G7 mamlakatlari rahbarlarining Afg‘onistonda inson huquqlariga rioya qilmaslik haqidagi bayonotlarini «bo‘sh va asossiz» deb atadi. Uning so‘zlarini TASS keltirmoqda.

Naimning qayd yetishicha, Tolibon 20 yildan buyon G‘arb matbuoti tomonidan juda ko‘p nishonga olingan. Shu nuqtai nazardan, harakat vakillari bunday hisobotlar qanday tayyorlanishi haqida «yaxshi tasavvurga ega».

U shuningdek, huquq himoyachilarining jangarilarga muxoliflarga qarshi qirg‘in qilish ayblovlari haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini aytdi.

Avvalroq, MRB rahbari Uilyam Berns Qobulda Tolibonning siyosiy qanoti rahbari Mulla Abdul G‘ani Barodar bilan yashirin uchrashuv o‘tkazgani haqida xabar berilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring