Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tolibon» ichida siyosiy janjal: Abdul G‘ani Barodar Kobuldan ketib qolgani aytilmoqda

«Tolibon» ichida siyosiy janjal: Abdul G‘ani Barodar Kobuldan ketib qolgani aytilmoqda

Afg‘oniston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Abdul G‘ani Baradar hukumat a’zolari bilan janjallashib qolib Qandahorga jo‘nab ketdi. Bu haqda BBC Pashto sayti o‘z manbasiga tayanib xabar bermoqda.

«Tolibon»ning ikki  guruhi o‘rtasida otishma sodir bo‘lgani haqida mish-mishlar bir necha kundan beri ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan. Taxminlarga ko‘ra, prezident saroyida Baradar va migratsiya bo‘yicha vazir Xalil ar-Rahmon Haqqoniy  tarafdorlari o‘rtasida qurolli to‘qnashuv yuz bergan.

Kelishmovchilik yangi hukumat tarkibi borasida kelib chiqqan. Barodar barcha etnik vakillar va ayollarni hokimiyatga jalb etishni taklif etgan, lekin Pokiston general Faiziy Hamid shaxsan Kobulga kelib hukumat ishlariga aralashgan. Bu esa Barodarning g‘azabini keltirgan. 

Avvalroq internetning afg‘on segmentida Barodarning halok bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Ammo toliblar bu xabarni inkor etdi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring