«Tolibon» avtomobillarda musiqa qo‘yib yurishni taqiqlab qo‘ydi
«Tolibon» harakati avtomobillarda musiqa qo‘yishni va ayollarning hijobsiz holatda avtomobil boshqarishini taqiqladi.
Bu haqda Kabul Newsga asoslanib RIA Novosti ma’lum qilmoqda.
«Islom diniga yo‘naltirish vazirligi Kabul News nashriga haydovchilarga musiqa qo‘ymaslik va hijobsiz ayollarni mashinaga o‘tqazmaslik haqida yozma tavsiya berilganini tasdiqladi», — deyiladi kanalning Twitterdagi sahifasida.
Avvalroq toliblar Afg‘onistondagi to‘ylarda jonli musiqani taqiqlab, erkaklar va ayollar turli zallarda bayram qilishlari kerakligi aytilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter