Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tolibon» afg‘on politsiyasi boshlig‘ini qatl qildi

«Tolibon» afg‘on politsiyasi boshlig‘ini qatl qildi

«Tolibon»ning afg‘on politsiyasi boshlig‘i Hoji mulla Achakzayni qatl etayotgani haqidagi video tarqaldi. 

Bu ularning tinchlikni saqlash va qasos olmaslik haqidagi va’dalariga ziddir.

Marhum afg‘on armiyasida xizmat qilgan, «Tolibon»  hujumi vaqtida Hirot shahri yaqinidagi Badg‘iz tumanida politsiya boshlig‘i bo‘lgan.

Toliblar Achakzayni kuchli ta’qib qilishgan, chunki u Afg‘oniston armiyasi bilan birga qattiq qarshilik ko‘rsatgan.

Payshanba kuni Achakzayning do‘sti yozgan qatl videosida politsiya boshlig‘i qumda tiz cho‘kib, ko‘zlari bog‘lanib, qo‘llari oldida bog‘langani aks etgan. Ushbu video toliblarga yaqin manbalar orqali internet tarmog‘ida tarqalgan. 

Avvalroq,  BBC avvalgi afg‘on hukumatiga xizmat qilganlarni qidirib, jazolamoqchi bo‘lganini yozgandi. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring