Tokiodan Nyu-Yorkgacha: prezidentlik saylovi qachon boshlanib, qachon tugaydi?

Markaziy saylov komissiyasi matbuot markazida muddatidan oldin ovoz berish natijalari, saylov uchastkalarida ovoz berish boshlanganligi, xorijiy va milliy kuzatuvchilarning turli hududlarda jarayonini kuzatayotgani haqida ma’lumot berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi birinchi saylov uchastkasi Toshkent vaqti bilan soat 04:00 da Yaponiyaning Tokio va Janubiy Koreyaning Seul shaharlarida ochildi. Saylovlar AQShning Nyu-York shahrida elchixonasidaToshkent vaqti bilan 25-oktyabr kuni soat 06:00 da yakunlanadi.
2021-yil 14-20-oktyabr kunlarida mamlakatimiz va xorijda tashkil etilgan saylov uchaskalarida 421 618 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari muddatidan oldin ovoz berishdi. Shundan 301 094 nafari mamlakatimiz hududida, 120 524 nafari saylovchi xorijdan turib ovoz berishgan.
Eslatib o‘tamiz, fuqarolarda saylovga oid savollar bo‘ladigan bo‘lsa, 1200 qisqa raqamlariga murojaat qilishlari mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter