Tokio Olimpiadasi musobaqalar jadvali ma’lum bo‘ldi
Tokioda 2020-yili bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlari jadvalini tuzish yakunlandi. Bu haqda bugun, 16-aprel kuni musobaqalar saytida ma’lum qilindi.
Demak, 25-iyul kuni birinchi medallar jamlanmasi o‘ynaladi — pnevmatik miltiqlarda 10 metrdan nishonlarni urish bo‘yicha ayollar o‘rtasida g‘olibalar aniqlanadi.
Suzish musobaqalari 25-iyulda boshlanib, 2-avgustgacha davom etadi, badiiy gimnastika — 7—9-avgust, kurash — 2—8-avgust.
Ayollar futboli finali 7-avgust, erkaklar futboli finali 8-avgustga belgilangan.
Tennis musobaqalari 25-iyuldan 2-avgustgacha o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, Tokiodagi Olimpiya o‘yinlari 2020-yilning 24-iyulidan 9-avgustiga qadar bo‘lib o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter