Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tokio olimpiadasi: homiylar nega juftakni rostlamoqchi?

Tokio olimpiadasi: homiylar nega juftakni rostlamoqchi?

Foto: «Footballua.tv»

Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari homiylarining yarmidan ko‘pi musobaqani moliyalashtirishdan bosh tortishi mumkin. Bu haqda «NHK» telekanali xabar berdi.

Kompaniyalarning yarmidan ko‘pi (65 foizi) Olimpiya o‘yinlarining ko‘chirilishi munosabati bilan hamkorlik shartnomalarini uzaytirish to‘g‘risida bir qarorga kelishmaganini bildirishdi. Shuningdek, homiylar musobaqaning tashkiliy qo‘mitasi bilan hali hech qanday qo‘shimcha muzokaralar olib borishmaganini aytishdi. Kompaniyalar o‘zini ommaviy olib qochishi tomoshabinlarning Olimpiadaga bo‘lgan qiziqishi pasayish xavfi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

10-iyun kuni Olimpiada tashkilotchilari musobaqalarni o‘tkazish formatini soddalashtirish tarafdori ekanligini ma’lum qilishdi. Xususan, Olimpiya o‘yinlari ishtirokchilari va tomoshabinlar sonini qisqartirish masalasini ko‘rib chiqish rejalashtirilmoqda.

24-mart kuni yozgi Olimpiada-2020 koronavirus pandemiyasi tufayli 2021-yilga qoldirilgani ma’lum bo‘ldi. Keyinchalik Xalqaro olimpiya qo‘mitasi Tokioda musobaqalarni o‘tkazishning muayyan shartlarini e’lon qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring