Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tokio COVID-19 tufayli fuqarolarga 15,8 milliard dollar to‘laydi

Tokio COVID-19 tufayli fuqarolarga 15,8 milliard dollar to‘laydi

Foto: «Twitter.com»

Tokio hukumati COVID-19 pandemiyasi sharoitida aholiga yordam berish uchun 1,8 trillion iyena (taxminan 15,8 milliard dollar) ajratishga qaror qildi. Bu haqda mahalliy Yomiuri nashriga tayanib «TASS» xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Yaponiya hukumati ushbu to‘lovlarni 2022-moliya yili uchun davlat budjeti loyihasiga kiritgan.

174 AQSh dollaridan yordam puli plastik karta ko‘rinishidagi shaxsiy guvohnomaga ega bo‘lgan barcha fuqarolarga beriladi.

Bunday holatda pul olishning sharti fuqaroning ushbu kartalardan tibbiy sug‘urta sifatida foydalanishga roziligi bo‘ladi va ular ham bank hisobiga bog‘langan bo‘lishi kerak. Shunday qilib, rasmiylar yagona identifikatsiya kartalarini ommalashtirishni kuchaytirmoqchi. Ayni paytda yaponiyaliklarning atigi 39 foizi ulardan foydalanadi.

Avvalroq Milliy genetika instituti professori Ituro Inoue Yaponiyada COVID-19 virusining delta shtammi doimiy mutatsiyalar tufayli o‘z-o‘zini yo‘q qilganidan so‘ng pasayganini ma’lum qilgandi. Bundan tashqari, mamlakatda vaksinatsiyaning yuqori ko‘rsatkichlari va infeksiyadan himoyalanish choralariga rioya qilish tufayli infeksiyalar soni kamaygan bo‘lishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring