Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojikistondan vizasiz kelish sanasi tasdiqlandi

Tojikistondan vizasiz kelish sanasi tasdiqlandi

Tojikiston Respublikasi fuqarolari 2018-yil 16-martdan boshlab O‘zbekistonga vizasiz safar qilishlari mumkin. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-martdagi PQ–3604-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Tojikiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida 2018-yil 9-mart kuni imzolangan fuqarolarning o‘zaro safarlari to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.

Qarorga ko‘ra, Hukumatlararo bitim Tojikiston Respublikasining fuqarolariga nisbatan 2018-yil 16-martdan boshlab tatbiq qilinadi va Tojikiston Respublikasi fuqarolari O‘zbekistonga 30 kungacha vizasiz safar qilishlari mumkin bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring


    Izohlar mavjud emas