Tojikistonda jurnalist noma’lum shaxslar tomonidan kaltaklandi. IIV jinoiy ish qo‘zg‘atdi

Tojikistonda 11 may kuni «Asia-Plus» nashri muxbiri hujumga uchradi. Tojikiston Ichki ishlar vazirligi 14 may kuni ushbu fakt bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Bu haqda vazirlikning matbuot markaziga asoslanib «Asia-Plus» xabar berdi.
Hisobotda aytilishicha, 11 may kuni Rudaki tumanidagi Chimteppa aholi yashash punkti, «Korvon» mahallasida vaqtincha istiqomat qiluvchi 24 yoshli tojikistonlik Avazmat Gurbatov (Abdullo Gurbati) ichki ishlar organiga murojaat qilib, soat 9:30 atrofida tibbiy niqob kiygan noma’lum ikki kishi unga hujum qilganligini va kaltaklaganini ma’lum qilgan.
Dastlabki tergov jarayoni Tojikiston Ichki ishlar vazirligi rahbariyati nazorati ostida ekanligi aytilgan.
Xalqaro tashkilotlar va AQShning Tojikistondagi elchixonasi jurnalistga qilingan hujumga munosabat bildirdi.
AQShning Tojikistondagi vakolatxonasi jurnalistga qilingan hujumni qoralab, uni «Tojikistondagi mustaqil ommaviy axborot vositalariga hujumning davomi» deb atadi.
Xalqaro doiralar Tojikiston hukumatini jurnalistga hujum qilganlarni topish va jazolashga chaqirdi.
Voqeaning boshqa tafsilotlari ham o‘rganilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter