Tojikiston prezidenti shu hafta O‘zbekistonga keladi
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 2-3 iyun kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. Bu haqda tojik nashrlari xabar tarqatgan.
Ikki kunlik tashrif davomida u O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashishi, bir qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, tashrif chog‘ida investitsiya forumi, tadbirkorlar uchrashuvi, mintaqaviy ilmiy-amaliy anjuman va bir qator madaniy tadbirlar ham o‘tkaziladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter