Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojikiston prezidenti oyligini COVID-19 ga qarshi kurash jamg‘armasiga o‘tkazdi

Tojikiston prezidenti oyligini COVID-19 ga qarshi kurash jamg‘armasiga o‘tkazdi

Foto: «RIA Novosti»

Tojikiston yetakchisi Emomali Rahmon uch oy davomida shifokorlar maoshiga qo‘shimcha haq to‘lash uchun prezident rezervidan 12,4 million somoni (1,24 million dollar) ajratdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.

Shuningdek, Rahmon o‘zining oylik maoshini (miqdori ko‘rsatilmagan) respublikada COVID-19 pandemiyasining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun tashkil etilgan jamg‘arma hisobiga o‘tkazdi. Bundan tashqari, Tojikiston ichki ishlar vazirligi rahbariyati oylik ish haqining yarmini COVID-19 koronavirusiga qarshi kurash fondiga ajratadi, deya ma’lum qilgan IIV matbuot markazi.

«Ushbu qaror ichki ishlar vaziri Ramazon Rahimzoda tomonidan o‘tkazilgan video muloqot chog‘ida qabul qilindi. Uchrashuv chog‘ida davlat rahbarining koronavirus tarqalishining oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida bergan topshiriqlarini bajarish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi», — deb yozadi «RIA Novosti».

Ichki ishlar vaziri o‘z qo‘l ostidagilarni davlat va hukumat asr vabosiga qarshi kurashishga tayyor ekanligini, aholi vahima tushmasligi uchun tushuntiruv ishlarini olib borishga chaqirdi.

«Militsiya xodimlariga odamlarni turli mish-mishlarga ishonmaslikka, «oddiy turmush tarziga rioya qilishga», shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilishga (masofa saqlash, tibbiy niqob taqish, tez-tez qo‘l yuvish) da’vat qilish topshirildi)», — deya qo‘shimcha qildi matbuot xizmati.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring