Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojikiston muftiysiga hujum uyushtirildi, u yaralangan

Tojikiston muftiysiga hujum uyushtirildi, u yaralangan

11 sentyabr kuni kechqurun Dushanbe markaziy masjidi yaqinida Tojikiston Ulamolar kengashi rahbari muftiy Saidmukarram Abdulqodirzodaga hujum uyushtirildi.

«Bugun soat 17:20da Dushanbe shahar markaziy masjidi yonida namozdan so‘ng bir fuqaro Tojikiston Respublikasi Ulamolar kengashi raisi Saidmukarram Abdulqodirzodani tig‘li qurol (manbalarda chopqi) bilan hujum qilgan». Bu haqda Tojikiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Natijada muftiy yengil tan jarohati olib, shifokorlar ko‘rigidan o‘tib, uyiga jo‘natilgan.

Hujumchi tezda ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Saidmukarram Abduqodirzoda 61 yoshda, 2010 yil oktyabridan buyon Tojikiston Ulamolar kengashiga rahbarlik qilib keladi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring