Chuqur daryo ovoz chiqarmay oqar yoki tojik xalq maqollari

Qarg‘a bulbul nolasini qaydan tushunsin?
E’tiboringizga tojik maqollaridan saralab olingan namunalarni havola etamiz.
* * *
Qo‘llanilmagan bilim — yomg‘irsiz bulut.
* * *
Uysiz — har joyda begona.
* * *
Bitta kaltak bilan hammani haydab bo‘lmaydi.
* * *
Shirin so‘z va erkalash bilan filni ham tukidan yetaklab ketishing mumkin.
* * *
Tashishga hech nimang bo‘lmasa, senga eshak ne kerak.
* * *
Do‘mbira tovushi uzoqdan ham yoqimli.
* * *
Oltin balchiqda ham yaltiraydi.
* * *
Qozon ochiq, mushukning vijdoni qayda qoldi?
* * *
Ahmoq bilan do‘stlashma.
* * *
Bog‘ing gullamagani uchun oftobni emas, o‘zingni koyib qo‘y.
* * *
Quyosh barchaga bir xil nur sochadi.
* * *
Avval so‘ra, keyin harakat qil.
* * *
Qo‘rqoq it baland hurar.
* * *
Gunohdan so‘ng tiz cho‘kishdan ne foyda?
* * *
Arpa eksang — arpa, bug‘doy eksang — bug‘doy olasan.
* * *
Bitta arqon qamchi emas, bitta daraxt o‘rmon emas.
* * *
Kam gapirsa — tushunarsiz, ko‘p gapirsa — bosh aylanar.
* * *
Dushman qancha aqlli bo‘lsa, shu qadar xavfli.
* * *
Tutun bormi, demak, nimadir yonayotir.
* * *
Tog‘lar zilziladan yemirilsa, muhabbat va do‘stlik so‘z tufayli barbod bo‘ladi.
* * *
Pul bersang — kamayar, bilim bersang — ko‘payar.
* * *
Sening yolg‘oningni rost hisoblaydigan do‘st hamma vaqt ham yaxshi bo‘lavermaydi.
Aziza FATHULLAYeVA
(Ushbu maqollar internet tarmog‘idan olinib,
rus tilidan o‘zbekchaga o‘girilgan)
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter