Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tog‘li Qorabog‘da urush tugagani e’lon qilindi. Yerevan bir nechta tumanlarni Bokuga berishga rozi bo‘ldi

Tog‘li Qorabog‘da urush tugagani e’lon qilindi. Yerevan bir nechta tumanlarni Bokuga berishga rozi bo‘ldi

Tog‘li Qorabog‘da urush tugagani e’lon qilindi. Yerevan tan olinmagan respublikaning bir qismini, shuningdek, bir nechta tumanlarni Bokuga berishga rozi bo‘ldi.

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan urush tugagani haqida Facebookdagi rasmiy sahifasida bayonot berdi.

«Men o‘zim va sizlar uchun juda qiyin qarorni qabul qildim.

Men Rossiya va Ozarboyjon prezidentlari bilan Qorabog‘ urushini soat 01:00 da to‘xtatish haqida bayonotni imzoladim. E’lon qilingan bayonotning matni shaxsan men uchun va xalqimiz uchun nihoyatda og‘riqli.

Men bu qarorga harbiy vaziyatni chuqur tahlil qilib va undan yaxshi xabardor bo‘lgan odamlarning baholashlariga ko‘ra qabul qildim. Shuningdek, qarorim hozir paydo bo‘lgan vaziyatda bu mavjud eng yaxshi yechim ekanligiga asoslangan. Bularning barchasi haqida yaqin kunlarda batafsil gapirib beraman», — degan Pashinyan o‘z bayonotida.

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov urushni butkul to‘xtatish haqida qo‘shma bayonot imzolaganini tasdiqladi.

«Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan va RF prezidenti Vladimir Putin Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni va harbiy harakatlarni to‘liq to‘xtatish haqida qo‘shma bayonot imzoladi», dedi Peskov.

Armaniston bosh vazirining Qorabog‘ urushini tugatish haqidagi bayonotidan so‘ng, norozilik namoyishlari boshlandi. Yuzlab odamlar mamlakat Hukumati binosiga bostirib kirishdi.

Tunda Nikol Pashinyan yana Facebookda jonli efirga chiqib, uning boshqa iloji yo‘qligini va hozircha Ozarboyjon bilan tinchlik bitimi imzolanishiga nima sabab bo‘lganini ochiqlay olmasligini aytgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring