Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tog‘ yo‘lida mashinadan tanasini chiqarib sayr qilgan qizlarga chora ko‘rildi

Tog‘ yo‘lida mashinadan tanasini chiqarib sayr qilgan qizlarga chora ko‘rildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Nexia-3 oynasidan tanasini chiqarib olgan qizlar aks etgan videolavha tarqalgandi.

IIV YHXBB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu holat 2022 yil 15 yanvar kuni «Qamchiq» dovonidagi yo‘lda avtomobilda harakatlanib ketayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. Huquqbuzarlar ham ushlangan. 

«O‘rtog‘im oldingi oynadan chiqdi. Men orqada o‘tirgandim. Keyin, sen chiqolmaysan dedi. Men ham chiqdim, pushaymonman», — deydi qizlarning biri.

Qoidabuzarlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 138-moddasi 4-qismi tartibida chora ko‘rilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring