Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yashovchi aholi ogohlantirildi

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yashovchi aholi ogohlantirildi

Foto: Xabar.uz

Gidrometeorologiya xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning 13-16-avgust kunlari kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar sababli respublikamizning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelish xavfi mavjud.

Shu sabab Favqulodda vaziyatlar vazirligi  va Gidrometeorologiya xizmati ushbu hududlar aholisini ogohlikka chaqirdi. 

Ehtiyot choralarini ko‘rishingizni va noxush vaziyatlar vujudga kelganda, FVVning «1050»  qisqa raqamiga murojaat etish so‘ralgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring