Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tixanovskaya Belarusdagi voqealarga Rossiya aralashuvi ehtimolidan xavotirda

Tixanovskaya Belarusdagi voqealarga Rossiya aralashuvi ehtimolidan xavotirda

Foto:«DW»

Belarus muxolifati yetakchisi Svetlana Tixanovskaya Kremlning mamlakatdagi voqealarga aralashuvi ehtimolidan xavotir bildirdi.

Uning aytishicha, amaldagi prezident Lukashenko rasmiy Moskva bilan yaxshi aloqalarga ega. Avvalroq, RF rahbari Putin Belarusda vaziyat yomonlashsa, maxsus rezerv kuchlar tayyorligini bildirgandi. 

Tixanovskayaning faraziga ko‘ra, mamlakatdagi namoyishlar tugamaydi va uzoq davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, 9-avgust kuni bo‘lgan prezident saylovlarida Tixanovskaya 10 foiz ovoz bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Rasmiy statistika bo‘yicha Aleksandr Lukashenko 80 foiz ovoz oldi.

Shundan so‘ng mamlakatda namoyishlar avj oldi. Litvaga ketishga majbur bo‘lgan Tixanovskaya muxolif Muvofiqlashtiruvchi kengashni tuzdi. Belarusda kengashning a’zolari qamoqqa olindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring