Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

TIV Tailandga bormoqchi bo‘lgan fuqarolarni ogohlantirdi

TIV Tailandga bormoqchi bo‘lgan fuqarolarni ogohlantirdi

Tailand qirolligi hukumati COVID-19 koronavirusining tarqalishi munosabati bilan 18 ta davlat, jumladan O‘zbekiston fuqarolari uchun mamlakat aeroportlarida kirish vizalarini (Visa on Arrival) rasmiylashtirish tartibini bekor qildi. Bu haqda O‘zbekistonning Bangkokdagi Bosh konsulxonasi ma’lumotiga asoslanib Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Rasmiy Bankok ro‘yxatdagi mamlakatlarning fuqarolariga kirish vizalarini qirollikning xorijdagi diplomatik vakolatxonalaridan birida rasmiylashtirishni tavsiya qilmoqda. Ushbu jarayon noma’lum muddatga joriy qilingani aytilmoqda. Koronavirus tarqalishi darajasining pasayganidan keyin qayta ko‘rib chiqiladi.

Yuqoridagilarni inobatga olib TIV Tailand, Kambodja va Laos hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga zarur holatlarda mamlakatimizning Bangkok shahridagi Bosh konsulxonasiga +66-2-675-39-95 va +66-9-5502-6770 telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring