Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

TIV rasmiy vakili yana 1,5 mingga yaqin kishi qaytarilishini ma’lum qildi

TIV rasmiy vakili yana 1,5 mingga yaqin kishi qaytarilishini ma’lum qildi

4-mart holatiga ko‘ra, Ukrainadan Polshaning Katovitse aeroporti orqali umumiy hisobda 11 ta aviareys bilan 2 579 nafar vatandoshimiz qaytarildi.

Bu haqda TIV rasmiy vakili Yusuf Qobuljonov ma’lum qildi. 

Polsha hududida mamlakatimizning 1 480 dan ortiq fuqarosi qolmoqda. Ulardan 700 nafari Polsha davlat chegarasidagi to‘planish nuqtasiga, 780 nafari esa Katovitse aeroportiga joylashtirilgan.

Katovitse aeroportidan uchta qo‘shimcha parvoz kutilmoqda: bugun soat 14:30 va 16:00 da hamda 5 mart soat 03:00 da.

Mutaxassislarning fikricha, O‘zbekiston o‘z fuqarolarini jangovar harakatlar zonasidan olib chiqish bo‘yicha tezkor ishlarni yo‘lga qo‘ygan sanoqli davlatlar safiga kirdi. Barcha qaytarish reyslari bepul amalga oshirilmoqda.

«Fuqarolarning Vatanimizga tezroq qaytish istagini anglagan holda barcha yurtdoshlarimizdan xotirjamlikni saqlashlari, vahimaga berilmasliklari, provokatsiyalar va ziddiyatli vaziyatlarga uchmasliklarini so‘raymiz. Ishontirib aytamizki, barcha fuqarolar mamlakatimizga qaytariladi», — deyiladi rasmiy vakil xabarida. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring