TIV Qozog‘istondagi o‘zbekistonliklarga murojaat qildi
O‘zbekiston TIV Qozog‘istonda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarga murojaat qildi.
Ma’lumki, O‘zbekiston Prezidentining farmoni bilan Qoraqalpog‘iston hududida 2022-yil 3- iyuldan 2-avgustga qadar favqulodda holat joriy etildi.
Shu munosabat bilan, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi «Daut-ota» - «Tajen» (avtomobil) o‘tish punktida fuqarolar va yengil transport vositalarining qatnovi vaqtincha to‘xtatilgan. Shu bilan birga, ushbu punkt nuqtasi orqali yirik yuk tashuvchi avtomobillarning o‘tishiga ruxsat beriladi.
Bundan tashqari, «Nukus-Beyneu-Nukus» yo‘nalishi bo‘yicha temir yo‘l aloqasi ham to‘xtatildi.
O‘zbekiston fuqarolari va chet el fuqarolari O‘zbekistonga O‘zbekiston-Qozog‘iston davlat chegarasidagi «Daut-ota»dan tashqari o‘tish punktlari orqali kelishlari mumkin, deyiladi TIV ma’lumotida.
Shuningdek, «Aqtau-Nukus», «Aqtau-Urganch», «Olmaota-Toshkent», «Olmaota-Samarqand» va «Nur-Sulton - Toshkent» yo‘nalishlaridagi havo qatnovi ham faoliyat ko‘rsatmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter