TIV Afg‘oniston bilan davlat chegarasidagi hodisaga doir xabar berdi
Afg‘oniston va O‘zbekiston Respublikasi maxsus xizmatlarining vakolatli vakillari o‘rtasida davlat chegarasida vujudga kelgan vaziyat bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi rasmiy kanalida xabar berildi.
2022-yil 21-avgustda Afg‘oniston fuqarolari tomonidan O‘zbekiston Davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish bilan bog‘liq Payg‘ambar oroli (Surxondaryo viloyati) hududida yuz bergan hodisa muhokama qilindi, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, uchrashuv davomida har ikki tomondan ham mazkur hududda taranglikni yuzaga keltirgan ayrim qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani qayd etilgan. Hozirgi paytda hodisa yuzasidan puxta tekshiruvlar o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi ikki nafar halok bo‘lganlarning oilalariga ta’ziya bildirdi, olti nafar yaralanganlarga barcha zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda, ushlangan shaxslarni o‘z vataniga qaytarishga tayyorlash jarayonlari yakunlanmoqda.
Har ikki tomon tinchlik tarafdori ekanligini, barcha masalalar o‘zaro manfaatlarni hisobga olish va bir-biriga hurmat asosida hal etilishini tasdiqladilar, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter