Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tirnoqlarga qarab koronavirusni aniqlash yo‘llari ma’lum qilindi (FOTO)

Tirnoqlarga qarab koronavirusni aniqlash yo‘llari ma’lum qilindi (FOTO)

Foto: «Zen.yandex.ru»

COVID-19ga chalingani yoki shunchaki mavsumiy O‘RVI bilan kasallanganiga shubha qiladigan odamlarga maslahat berildi. Agar tirnoqlarda chiziqlar yoki egatchalar paydo bo‘lsa, bu koronavirusga ishora qilish mumkin. Bu haqda britaniyalik olim Tim Spektor o‘zining Twitter sahifasida ma’lum qilgan.

Mutaxassis o‘z xulosasini fotosurat bilan tasdiqladi. Bunda ayolning qo‘lidagi tirnoqlarda o‘ziga xos belgilar tasvirlangan. Chiziqlar kasallik paytida hosil bo‘ladi, keyin esa iz qoldiradi.

«Tirnoqlar infeksiyadan so‘ng tiklanadi, o‘sib tiklangach aniq chiziqlar qoldiradi. Teri toshmalarisiz o‘tishi va bezarar ko‘rinishi mumkin», — deb yozadi Spektor.

Ilmiy hamjamiyatdagi ushbu hodisa «Bo chiziqlari» deb nomlanadi. Shuningdek, u qizamiq, epidemik parotit yoki skarlatina kabi yuqumli kasalliklarga xosdir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring