Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

TIQXMMI bitiruvchilari yirik kompaniyaga ishga joylashishlari mumkin

TIQXMMI bitiruvchilari yirik kompaniyaga ishga joylashishlari mumkin

2021-yil 9-iyun kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida (TIQXMMI) institut rahbariyati va «China Gezhouba Group International Engineering Co., Ltd» kompaniyasi bosh menejerining o‘rinbosari janob XIN ZONGYI va Markaziy Osiyodagi bosh menejeri janob GUO TIANYU boshchiligidagi delegatsiya o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. TIQXMMI delegatsiyasiga institut rektori,  O‘zbekiston Oliy ta’lim kengashi raisi prof.  U. Umurzoqov boshchilik qildi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad yangi rivojlanish sharoitlarida tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik imkoniyatlari va istiqbolli yo‘llarini muhokama qilish hamda keyingi 5 yillik davr uchun o‘zaro anglashuv memorandumini imzolashdan iborat edi. 

China Gezhouba Group International Engineering Co., Ltd yirik xalqaro darajada faoliyat ko‘rsatuvchi korporatsiya hisoblanadi.  Kompaniyaning faoliyat doiralari qurilish (energetika, transport, gidrotexnika,  kommunal qurilish va boshqa infratuzilma tarmoqlari),  ko‘chmas mulk,  atrof-muhitni muhofaza qilish, sement ishlab chiqarish, mashinasozlik va moliyalashtirish sohalariga sarmoya kiritish kabi sohalarni o‘z ichiga oladi.  Kompaniya dunyodagi «250 ta eng yirik global pudratchilar» reytingiga kiritilgan.  CGGC 142 dan ortiq mamlakatda o‘z faoliyatini olib boradi va dunyo bo‘ylab 190 dan ortiq amaldagi loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.  So‘nggi 40 yil ichida CGGC 4000 dan ortiq turli xil eng yaxshi loyihalarni, shu jumladan «Tri uщyelya» ob’yektini amalga oshirdi va insoniyatni elektr va toza suv bilan ta’minlashga munosib ulush qo‘shib kelmoqda. 

Kompaniya O‘zbekistondagi loyihalar salohiyatini ham yuqori baholaydi va faol tarzda qo‘llab-quvvatlaydi.  Bugungi kunga kelib, O‘zbekiston Respublikasi hududida CGGC kompaniyasi Sirdaryo viloyatida quvvati 1500 MVt bo‘lgan IES qurishni boshladi.  

Tomonlarning o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar natijasida TIQXMMI talabalarining Sirdaryo viloyatida qurilayotgan quvvati 1500 MVt bo‘lgan IES qurilishi ob’yektlarida o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlarini hamda stajirovkalarini tashkil etilishi, TIQXMMI bitiruvchilarini keyinchalik CGGC korxonalarida ishga joylashtirilishi, shuningdek har ikki tomon vakillarining birgalikda tegishli sohalarda tadqiqotlar olib borishi va tadqiqot natijalarini almashinishi to‘g‘risida kelishuvga erishildi.  

Uchrashuv iliq va do‘stona muhitda o‘tdi. Uchrashuv so‘ngida tomonlar kelgusi 5 yilga mo‘ljallangan o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring