Zabonsiz yordamchilar: zilzila hududlarida itlar odamlarga ko‘mak bermoqda (foto)

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyadagi zilzila qurbonlari soni 12 391 kishiga yetdi, 62 914 kishi jarohat oldi, Suriyada esa qurbonlar soni 2992 kishiga yetgan.
Hodisa joylarida odamlar bilan birga qidiruv itlari ham faol ishlamoqda.
Kinologlar itlar yordamida vayronalar ostidan insonlarni chiqarib olmoqda. Ular orasida o‘zbekistonlik mutaxassislar ham bor.
Maxsus vazifalar bo‘yicha respublika qutqaruv markazi komandiri, polkovnik Ismoil Sharipovning O‘zA saytiga bergan intervyusiga ko‘ra, qutqaruvchilar bilan kinologiya xizmati ham olib ketilgan.
Avvalroq, Turkiyaga 71 kishidan iborat qo‘shimcha qidiruv-qutqaruv va tibbiyot xodimlari guruhi yetkazilgani xabar berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter