Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tilla unitaz o‘g‘rilari jazolandi

Tilla unitaz o‘g‘rilari jazolandi

Foto: Reuters

Britaniya sudi Uinston Cherchill tug‘ilgan saroydan o‘g‘irlab ketilgan 4,75 mln funt sterling (taxminan $6,2 mln) qiymatidagi tilla unitaz o‘g‘rilari ustidan hukm chiqardi. Bu haqda qirollik prokuraturasi (CPS) bayonot berdi.

Maykl Jons buzish yo‘li bilan o‘g‘irlikda, Fred Dou jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan mulkni yashirish yoki tasarruf etishda aybdor deb topildi. Yana bir ayblanuvchi avvalroq sudda aybiga iqror bo‘lgandi. Prokuratura xabariga ko‘ra, sudga tortilgan to‘rtinchi shaxs oqlangan.

Oltin unitazni qaytarish imkoni bo‘lmadi, chunki jinoyatchilar uni bo‘laklab yoki eritib sotib yuborishgan, deyiladi prokuratura bayonotida.

18 karatli oltindan yasalgan unitaz 2019-yil sentyabrida Blenheym saroyidan o‘g‘irlab ketilgan edi. Ushbu saroyda Buyuk Britaniyaning eng mashhur bosh vaziri Uinston Cherchill dunyoga kelgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring