Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tilla do‘konini o‘margan 3 ayol ushlandi

Tilla do‘konini o‘margan 3 ayol ushlandi

Фото: «Xabar.uz»

2020 yilning 20-sentyabr kuni soat 14:30 da noma’lum shaxslar Surxondaryo viloyati, Denov shahridagi «Denov-bobodehqon» bozorida joylashgan 39 yoshli F.S. ga (ayol) tegishli zargarlik do‘konining savdo rastasida turgan umumiy bahosi 30.000 AQSh dollari bo‘lgan har xil turdagi qimmatbaho ayollar taqinchoqlarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, hodisa sodir bo‘lgan joy tergov-tezkor guruhi tomonidan ko‘zdan kechirilib, savdo do‘koniga kirish yo‘lagida o‘rnatilgan kuzatuv kamerasi yozuvlari tekshirib ko‘rilganida, o‘g‘irlik sodir bo‘lgan vaqtda savdo do‘konidan uch nafar ayol bir vaqtda chiqib ketganligi va ulardan birining qo‘lida kiyimga o‘ralgan narsa borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Denov tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan noma’lum shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi «a» bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni 19 yoshli X.D., 28 N.Sh. va 52 yoshli O.R. lar (barchasi ayollar) sodir etganliklari aniqlanib, ulardan talon-toroj qilingan taqinchoqlar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Jinoyat sodir etgan shaxslar gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Tilla taqinchoqlar egasiga to‘liq qaytarib berilgan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring