«TikTok»da maqtanilgan video IIBB xodimlari «nazariga tushdi»
TikTok ijtimoiy tarmog‘ida Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari foydalanuvchilardan birining videosiga e’tibor qaratishdi. Video muallifi do‘stlariga avtomobil davlat raqamini yashiruvchi avtomatlashtirilgan pardachani «namoyish» qilgan.
Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, mazkur «Lacetti» rusumli avtomobilning (davlat raqami 01 J 703 VA) turar joyi va haydovchisi – poytaxtda yashovchi 36 yoshli Saidbek A. ekanligi aniqlandi. Tekshiruv davomida davlat raqamidagi pardachadan tashqari yorituvchi moslamalardan foydalanish qoidalari ham buzilganligi qayd etildi.
Ikki nafar xolislar ishtirokida o‘rnatilgan moslamalar yechildi. Avtomobil jarima maydonchasiga joylandi, haydovchiga nisbatan ma’muriy jarima belgilandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter