Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tig‘iz vaqtlarda to‘la vagonlarga chiqmang» — Toshkent metropoliteni muammo sababini aytdi

«Tig‘iz vaqtlarda to‘la vagonlarga chiqmang» — Toshkent metropoliteni muammo sababini aytdi

Foto: «Xabar.uz»

«Toshkent metropoliteni» tig‘iz vaqtlarda yo‘lovchilar oqimini ko‘tara olmayapti. Shu munosabat bilan metro yo‘lovchilariga murojaat yo‘llandi.

Unda qayd etilishicha, joriy yilning sentyabr oyidan boshlab metropolitendan foydalanuvchi yo‘lovchilar soni o‘tgan yilga nisbatan kuniga 200 mingdan ortishi kuzatilgan.

Hozirgi vaqtda bir kunda o‘rta hisobda metropolitenning yo‘nalishlaridan foydalanuvchi yo‘lovchilar soni 690 - 700 mingni tashkil etmoqda.

«Ayniqsa, 20 sentyabr sanasidan boshlab ko‘chalarda 10 ballik avtomashina tiqilinchligi hisobiga avtobuslardagi yo‘lovchilarning bir qismi metrodan foydalanishi hisobiga bu ko‘rsatgich kunma-kun ortib bormoqda.

Yo‘lovchilar sonini keskin ko‘payishi metro vagonlarga belgilangan yo‘lovchilarni sonini 2 marta ko‘payishi va buning hisobiga vagonlarga normadan ortiq yuklama tushib metro poyezdlarini tez-tez buzilishiga olib kelmoqda.

Shu bilan birga, yo‘lovchilar tomonidan metropolitendan foydalanish qoidalariga rioya qilinmayotganligi ya’ni, harakatlanish vaqtida o‘zaro hurmatni saqlash, poyezd ichidagi yo‘lovchilar chiqib ketguniga qadar kirish uchun vagon eshiklari oldida turib qolish, manzilga kelgach poyezddan chiqish uchun imkon qadar tezroq harakat qilish, vagon eshiklariga suyanish hamda poyezdning bosh va so‘ngi vagonlari bilan bir qatorda o‘rta vagonlaridan teng foydalanmayotganliklari asosiy sabablardan biri bo‘lmoqda», deyiladi murojaatda.

Qo‘shimcha qilinishicha, yo‘lovchilar tomonidan vagonlarda va metropoliten hududida shaxsiy buyumlarni qoldirib ketish kabi holatlar kuzatilmoqda. Bunda tekshirish maqsadida, yo‘nalishdagi poyezdni harakati yo‘nalishidan olinadi va harakat intervalini uzayishiga olib keladi (oxirgi haftada 9 ta shunday holat kuzatilgan).

Bugungi kunda, metropoliten yo‘lovchilariga yanada qulay va ma’daniyatli xizmat ko‘rsatish maqsadida, 6 ta harakat tarkibi 5 ta vagondan tashkil topgan holda xizmat ko‘rsatib kelmoqda, ularning soni shu yilning oxiriga qadar 13 taga yetkaziladi.

Qayd etilishicha, joriy yil yakuniga qadar 56 ta va 2024 — yil davomida yana qo‘shimcha 104 dona zamonaviy metro vagonlarini harid qilish ko‘zda tutilgan. Buning natijasida, tasarrufdagi harakat tarkiblarini yangilanishiga hamda yo‘nalishlarda poyezdlar oraliq intervalini qisqartirishga erishiladi.

Yangi metro vagonlari kelishiga 2 oy qolgani va yangi vagonlar kelishi bilan Chilonzor, O‘zbekiston, Yunusobod va Yer usti xalqa yo‘li yo‘nalishida vagonlar soni ortishi hamda buning hisobiga oraliq interval yanada kamaytiriladi.

«Shularni hisobga olib, hurmatli yo‘lovchilarimizdan tig‘iz vaqtlarda to‘la vagonlariga chiqmasdan, keyingi bo‘shroq metro vagonlarga chiqishlarini so‘raymiz», deyiladi murojaatda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring