Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tibbiyot yo‘nalishida o‘qishni ko‘chirishning yangi tartibi

Tibbiyot yo‘nalishida o‘qishni ko‘chirishning yangi tartibi

2021 yil 15 iyuldan boshlab, talabalar o‘qishini bir hududda joylashgan davlat oliy ta’lim muassasasidan boshqa hududidagi davlat oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirish tartibi joriy qilingan.

Shunga ko‘ra, 2021/2022 o‘quv yilida xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlaridan tibbiyot oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirishda test sinovlari bo‘yicha o‘tish bali 100 ball etib belgilandi.

Joriy yil Davlat test markazining “transfer.dtm.uz” elektron tizimi orqali Sog‘liqni saqlash vazirligiga ushbu masala bo‘yicha 6 372 ta ariza kelib tushdi.

Test natijalariga ko‘ra:

  • 100,0 ball va undan yuqori ball to‘plagan talabalar 545 nafarni;
  • 99,9-56,7 ball to‘plaganlar 2 853 nafarni, 56,6 va undan past ball to‘plaganlar esa 2 764 nafarni tashkil etdi;
  • Ariza topshirganlarning 210 nafari esa turli sabablarga ko‘ra sinovlarda ishtirok etmadi.

Mazkur qoida mamlakatimiz tibbiyot tizimiga yetuk va malakali kadrlarni yetkazib berish, sohada chuqur bilimga ega mutaxassislarni tayyorlash, ushbu yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtlarida ta’lim sifatini yanada oshirish, bu orqali aholini sifatli tibbiy xizmat bilan qamrab olish maqsadida qabul qilindi.

Shunday ekan, tibbiyot yo‘nalishida yetuk mutaxassis bo‘lishni istagan yoshlar uchun bilim sinovlari hech qanday murakkablik tug‘dirmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring